6 yildan beri semizligi tufayli to‘shakka mixlanib qolgan, dunyodagi eng semiz odam deb e’tirof etiluvchi 32 yoshli meksikalik Xuan Pedro Frankoning azoblari tugashi mumkin. Akvaskalientes shahrida yashovchi Xuanning o‘zi uning oshqozonida o‘tkaziladigan shuntlash operasiyasi juda bo‘lmasa unga uyidan chiqishga va ozmi-ko‘pmi normal hayot kechirishga imkon berishiga umid qilmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.
Oxirgi 6 yil Xuan ba’zida 595 kilogrammgacha etgan ulkan vazni sababli to‘shakdan tura olmagan. Operasiya 9 may kuniga belgilangan. Shifokorlar bu operasiya evaziga Xuan juda bo‘lmasa yarim vaznini tashlashiga umid qilishmoqda. Xuan operasiyadan oldin ozishi kerakligi sababli 3 oyga parhezga o‘tqazildi.
U hozirda Gvadalaxaradagi ozish uchun mo‘ljallangan maxsus klinikada qolmoqda. U bu erga o‘tgan yil noyabrida maxsus furgonda olib kelingan. Uning klinikaga kelgandagi vazni 590 kg ni tashkil qilgan. Xuan operasiyagacha 175 kg ga ozishi kerak edi.
"U deyarli vaznining uchdan birini tashladi va operasiyaga deyarli tayyor", deb aytdi jarroh Xose Antonio Kruz.
Shifokor operasiyaga katta umid bilan qaramoqda, biroq ba’zi asoratlar bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti. Uning aytishicha, birinchi jarrohlik aralashuvidan keyin yana bitta operasiya o‘tkazish talab qilinadi.
Xuan Franko o‘ziga o‘xshash semiz odamlarni muqarrar o‘limni kutib o‘tirmay, uyat va qo‘rquvni bir chetga surib, shifokorlarga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Xuan davolangach, raqs tushish, qo‘shiq kuylash va mashina haydash kabi azaliy orzulari ro‘yobga chiqishiga ishonmoqda.
Xuan yoshligidan shunaqa semiz bo‘lgan. U 6 yoshida 60 kg kelgan, 17 yoshida esa vazni 220 kg ni tashkil qilgan. Uning jadal semirishiga avtofalokat sabab bo‘lgan, u falokat oqibatida bir yildan ko‘proq to‘shakka yotib qolgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi