Qarzdorlikni undirish maqsadida “Jetour x90 plus” avtomobili xatlandi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2025 yil 13 noyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor U.E.dan 456 million 916 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.
Sud qaroriga muvofiq, undiruv qarzdorga tegishli bo‘lgan “JETOUR X90 PLUS” rusumli avtotransport vositasiga qaratilgan.
Qarzdor tomonidan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmagani sababli davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari boshlanib, avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida avtomashinaning turgan joyi aniqlandi. Biroq, qarzdor transport vositasini topshirishdan bosh tortganligi sababli, maxsus evakuator jalb qilinib, avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirildi hamda tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Hozirda avtotransport vositasini realizatsiya qilish va tushgan mablag‘lar hisobidan qarzdorlikni qoplash choralari ko‘rilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!