Metroda xayp qilgan bloger kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi

Metroda xayp qilgan bloger kechirim so‘rashga majbur bo‘ldi

Moskva metrosida suratga olingan bahsli videolar ortidan o‘zbekistonlik bloger huquq-tartibot organlari diqqat markaziga tushdi. Provokatsion kontent tayyorlab, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib kelgan bloger Rossiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olindi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk ma’lum qilishicha, bloger metropoliten yo‘lovchilarini ataylab turli mojarolarga tortishga uringan. U odamlarning reaksiyasini tasvirga olib, keyinchalik ushbu videolarni internet sahifalariga joylashtirib kelgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Moskvaga maxsus ravishda kontent yaratish maqsadida kelgan. Tayyorlangan roliklar esa qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lgan.

E’lon qilingan videoda bloger so‘roq jarayonida qilgan ishidan afsuslanayotganini bildirgan.

— Bu yerda bunday harakat qilish mumkin emasligini bilmagandim. Iltimos, meni kechiring, — degan u.

Ma’lum bo‘lishicha, bloger Rossiya hududini tark etish arafasida, aeroportda ushlangan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘shimcha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozircha unga nisbatan qanday huquqiy chora qo‘llanishi aniq emas. Tergov natijalariga ko‘ra, tegishli protsessual qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar