Toshkent hayvonot bog‘ida poni bolani tishlab oldi

Toshkent hayvonot bog‘ida poni bolani tishlab olgani haqida xabar berildi. Ma'lum bo'lishicha, ikki nafar bola xavfsizlik uchun o‘rnatilgan to‘siqdan oshib o‘tib, poniga yaqinlashgan va unga qo‘lini uzatgan. Aynan shu vaqtda hayvon bolaning qo‘lini tishlab olgan va bu holat videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan. Mutaxassislar hayvonlarga yaqinlashishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish hamda maxsus to‘siqlardan oshmaslik zarurligini eslatib o‘tmoqda.
Toshkent hayvonot bog‘ida noxush holat yuz berdi. Ma’lum bo‘lishicha, poni bolalardan birini tishlab olgan.
Kuzatuv kameralari tasvirlarida ikki nafar bola xavfsizlik uchun o‘rnatilgan to‘siqdan oshib o‘tgani aks etgan. Shundan so‘ng ulardan biri poniga yaqinlashib, hayvonga qo‘lini uzatgan.
Aynan shu vaqtda poni bolaning qo‘lini tishlab olgan. Hodisa hayvonot bog‘i hududida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari orqali qayd etilgan.
Mutaxassislar hayvonlarga yaqinlashishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, maxsus to‘siqlardan oshmaslik zarurligini eslatib o‘tmoqda.






























Izohlar 0
…