Andijonda 4 nafar xodim hojatxonadan chiqqan zaharli gazdan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda

Andijonda 4 nafar xodim hojatxonadan chiqqan zaharli gazdan zaharlanib vafot etgani aytilmoqda
Qisqacha

Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Markaziy poliklinika hududida sodir bo'lgan baxtsiz hodisa oqibatida tuman tibbiyot birlashmasining 4 nafar texnik xodimi vafot etdi. Marhumlar — I. Nishonov, M. Matxoliqov, Q. Mamajonov va L. Qosimov o'z xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida poliklinika hududidagi hojatxona qudug'ini tozalashga uringan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ular quduqda to'plangan zaharli gazdan zaharlanib, hushini yo'qotgani taxmin qilinmoqda.

Andijon viloyati Marhamat tumanidagi Markaziy poliklinika hududida baxtsiz hodisa sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tuman tibbiyot birlashmasining 4 nafar texnik xodimi vafot etdi.

Ma’lum qilinishicha, I. Nishonov, M. Matxoliqov, Q. Mamajonov va L. Qosimov xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda halok bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ular poliklinika hududidagi hojatxona qudug‘ini tozalashga uringan. Shu jarayonda quduqda to‘plangan zaharli gazdan zaharlanib, hushini yo‘qotgani taxmin qilinmoqda.

Holat yuzasidan Marhamat tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda hodisaning barcha sabablari va omillari o‘rganilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar