Reklama ortidan millionlab daromad, 6 nafar mashhur bloger soliq to‘lamagani gumon qilinmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan mamlakatdagi 110 nafar bloger faoliyati o‘rganilib, eng mashhur 6 nafar bloger budjetga taxminan 3,1 milliard so‘m soliq to‘lamagan bo‘lishi mumkinligi aniqlandi. 2025 yilda o‘rganilgan blogerlar tomonidan 2,7 milliard so‘m daromad deklaratsiya qilingan bo‘lib, to‘langan soliq miqdori 110 million so‘mni tashkil etgan.
Davlat soliq qo‘mitasi mamlakatdagi 110 nafar bloger faoliyatini o‘rgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ularning bir qismi o‘zini o‘zi band qilgan, ayrimlari yakka tartibdagi tadbirkor yoki jismoniy shaxs sifatida ishlamoqda.
Tahlil davomida eng mashhur blogerlardan 6 nafari budjetga taxminan 3,1 milliard so‘m soliq to‘lamagan bo‘lishi mumkinligi aniqlangan.
2025 yilda o‘rganilgan blogerlar tomonidan 2,7 milliard so‘m daromad deklaratsiya qilingan, to‘langan soliq esa 110 million so‘mni tashkil etgan.
Soliq qo‘mitasi blogerlik faoliyati tadbirkorlik turi hisoblanishini eslatdi. Blogerlarga faoliyatini qonunchilikka moslashtirish uchun 3 oy muddat berilgan.































Izohlar 0
…