
Kecha, 6 iyun kuni Rustam Azimov “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi Bosh direktori etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Bugun, 7 iyun kuni Rustam Azimov mazkur lavozimda rasman ish boshladi. Uning funksional vazifalari quyidagicha belgilangan:
- Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va Kompaniyaga yuklatilgan barcha vazifalarning bajarilishi uchun javobgar hisoblanadi;
- o‘z vakolati doirasida sug‘urta faoliyati masalalari bo‘yicha barcha respublika organlari, tashkilotlari va korxonalari, shuningdek, boshqa davlatlarda Kompaniya nomidan ish olib boradi;
- Kompaniya mulkini boshqaradi;
- shartnomalar, kelishuvlar, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzadi;
- ishonchnomalar beradi;
- Kompaniya faoliyatiga bog‘liq boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi.
Shuningdek, Kompaniya Ustavi bilan berilgan vakolatlar doirasida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Rustam Azimovning qabul kunlari seshanba soat 8:00 dan 11:00 gacha, payshanba soat 8:00 dan 11:00 gacha qilib belgilangan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar