AQSHning Virjiniya shtatida yashovchi Brayan Tornxill 10 yoshli o‘g‘lini bezorilik qilgani uchun maktabgacha yomg‘ir ostida yugurishga majbur qilgan.
Tornxill Facebook’da yomg‘ir vaqtida katta ryukzak bilan chopayotgan bola ortidan mashinada ketayotgani va nima yuz berayotganini tushuntirib ketadi. Video 4 kun ichida 26 mln tadan ko‘proq namoyish to‘plagan.
“Mening o‘g‘lim avtobusda ko‘ngilsizliklarga shuncha ko‘p tushganki, uni haydab chiqarishgan va 3 kun ichida undan foydalanish taqiqlandi, chunki u biroz bezorilik qilgan. Bunga chidab turmayman. Shu sababli u maktabgacha yugurishi kerak”, deb aytgan Tornxill.
Otaning aytishicha, maktabgacha masofa 1,6 km ni tashkil qiladi. U o‘g‘lini bunday jazolashni “sog‘lom” deb atagan va jismoniy mashqlar foydasi haqida eslatib o‘tgan hamda o‘z farzandlarini urish o‘rniga “ijodkorroq bo‘lishga” chaqirgan.
Erkakning aytishicha, uning o‘g‘li bir haftadan beri yugurmoqda va bu orada bolaning xulqi ancha yaxshilangan. Uning ta’kidlashicha, o‘g‘li vaziyatga to‘g‘ri qaragan va singlisiga “otam doimo haq” deb aytgan.
Erkak buni “eski qadrdon tarbiya” deb atagan va Amerikaga qurolni nazorat qilish emas, aynan shu narsa kerakligini aytgan. “Men ularni quroldan farqli, shkaf ichida qamab qo‘ya olmayman. Qurolni esa osonlik bilan va doimo nazorat qila olaman”, deb aytgan ota.
Rolik ostida turli izohlar berilib, bu boradagi fikrlar turlicha bo‘ldi. Kidmir otaga tanbeh bergan bo‘lsa, boshqalar esa uni qo‘llab-quvvatlashgan va maktabgacha biroz yugurish foydadan boshqa narsa bo‘lmasligini aytgan.
Good ParentingGreat job Dad... (Bryan Thornhill)
Опубликовано WarriorCode 3 марта 2018 г.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»