Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi internetda tarqalgan ko‘chadagi zo‘ravonlik videosi bo‘yicha bayonot berdi.
Videoda Uchtepa tumani hududida joylashgan «Al Hilol» kafesi oldida ikki kishi bo‘lib bir kishini urayotgani tasvirlangandi. Bu hodisa ikki hafta muqaddam sodir bo‘lgandi.
18 oktyabr kuni «Yana zo‘ravonlik: Ikki kishi bo‘lib bir yigitga qo‘qqisdan hujum qilib, do‘pposlashdi» sarlavhasi ostida material e’lon qilingandi.
«Ijtimoiy tarmoqda yosh yigitlar o‘rtasidagi mojaro tasvirlangan videoyozuv tarqaldi, unda mojaroning ikki ishtirokchisi uchinchisini urayotgani tasvirlangan.
Mojaro noto‘g‘ri parkovka tufayli yuzaga kelgan. Jabrlanuvchi, qolgan ikki ishtirokchining aytishicha, o‘z avtomobilini boshqa bir mashinaga juda yaqin parkovka qilgan. Hodisa 4 oktyabr kuni taxminan soat 19:15da Uchtepa tumanidagi «Al Hilol» kafesi oldida sodir bo‘lgan.
Ayni vaqtda hodisaning barcha ishtirokchilari shaxsiga aniqlik kiritilgan. Mazkur holat bo‘yicha 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi («Bezorilik») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Kaltaklangan yigit o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohatlari olgan. Bezorilik qilgan 24 yoshli Doniyor A. va 33 yoshli Anvarjon R.ga jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, bir guruh shaxslar tomonidan shaxslar tomonidan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.
Ayni vaqtda tergov ishlari davom etmoqda», deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi