06:34 / 04.09.2019
3 459

Yangi o‘quv yili oldidan bir nechta prorektor, dekan va boshqa mas’ullar ishdan olindi

Yangi o‘quv yili oldidan bir nechta prorektor, dekan va boshqa mas’ullar ishdan olindi
Yangi o‘quv yili oldidan bir nechta prorektor, dekan va boshqa mas’ullar ishdan olingan.Bu haqda Samarqand davlat chet tillari instituti sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, institutdagi ilmiy kengash yig‘ilishida quyidagilar ta’kidlangan:
— Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019-2020 o‘quv yili boshlanishi oldidan yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun qator oliy ta’lim muassasalarining yuqori va o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilganligi;

— Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 3 nafar, shu jumladan, o‘quv ishlari, yoshlar bilan ishlash hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari o‘z xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lgani uchun egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi;

— Toshkent moliya institutining 3 nafar, shu jumladan, o‘quv ishlari, yoshlar bilan ishlash hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari, shuningdek, mazkur oliy ta’lim muassasalarining 1 nafar fakultet dekani, 2 nafar kafedra mudirlari, 7 nafar bo‘lim boshliqlari, 9 nafar dekan o‘rinbosarlari o‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragani sababli egallab turgan lavozimlaridan ozod etilganligi kabilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi o‘quv yili oldidan bir nechta prorektor, dekan va boshqa mas’ullar ishdan olindi