11:08 / 08.06.2020
2 683

Olimlar ikkinchi turdagi diabetdan qutulish yo‘lini topdi

Olimlar ikkinchi turdagi diabetdan qutulish yo‘lini topdi
Foto: New Atlas
AQSHdagi Kornell universiteti olimlari sog‘lom hayot tarzi insonni ikkinchi darajali qandli diabetdan xalos etishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi New Atlas.
Maqolada yozilishicha, olimlar sog‘lom hayot tarzi deganda ma’lum bir parhez va jismoniy mashqlarni bajarishni nazarda tutmoqda.

Ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarda ikkinchi turdagi diabet bilan kamida uch yildan beri aziyat chekayotgan 150 kishi qatnashdi. Ularning o‘rtacha yoshi — 42 da. Guruh tasodifiy tanlash orqali ikkiga ajratilgan: ulardan birinchisi tashxis qo‘yilganda beriladigan standart dori vositalari bilan davolangan bo‘lsa, ikkinchi guruh — intensiv mashg‘ulotlar dasturi va ovqatlanish rejasiga rioya qilgan.

Dastlabki 12 hafta davomida ular «Kembrij parhezi» deb nomlanuvchi usul bilan davolangan. Keyingi 12 haftada tajriba ishtirokchilari kaloriyalarni nazorat qilgan holda odatdagi taomlanish tarziga o‘tgan. Bundan tashqari, bir hafta davomida ular 150 daqiqa mashq bajargan, kuniga kamida 10 ming qadam piyoda yurish tavsiya etilgan.

«Bir yildan so‘ng ikkinchi guruh ishtirokchilari 12 kilogrammga ozdi, birinchisi guruhdagilar esa 4 kilogrammga. Bundan tashqari, shifokorlar 61 foiz ishtirokchi diabetdan davolanganini tan oldi, remissiya bilan og‘rigan bemorlar guruhida esa ushbu ko‘rsatkich — 12 foizga teng», — deyiladi xabarda.

«Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, agar siz kasallikning boshlanishidan ko‘p o‘tmay vazn yo‘qotsangiz, haqiqatan ham ushbu jarayonni orqaga qaytarishingiz va sog‘liq bilan bog‘liq boshqa muammolardan qutulishingiz mumkin», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Shahrad Taheri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar ikkinchi turdagi diabetdan qutulish yo‘lini topdi