20:45 / 19.01.2021
2 103

“Kobalt” va “Damas”dagi tamaki mahsulotlari fosh bo‘ldi

“Kobalt” va “Damas”dagi  tamaki mahsulotlari fosh bo‘ldi
Tamaki mahsulotlarining yashirin aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Chortoq tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida chegara oldi hududida xarakatlanayotgan fuqaro J.X. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashinasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 15 million so‘mlik 1000 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib voqea joyida harakatlanayotgan “Damas” rusumli avtomashina ham to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Ushbu avtomashinada ham muqaddam qo‘shni mamlakatdan noqonuniy olib kirilgan qiymati 81 million so‘mlik
5370 quti tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kobalt” va “Damas”dagi tamaki mahsulotlari fosh bo‘ldi