20:40 / 20.08.2021
1 826

MIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida matbuot ajumani o‘tkazildi

MIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida matbuot ajumani o‘tkazildi
Joriy yilning 20 avgust kuni Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi binosida, boshqarma rahbariyati hamda mas’ul xodimlari bilan “Joriy yilda amalga oshirilgan ishlar hamda ijro tizimidagi yangiliklar va samaradorlik” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Boshqarma boshlig‘i I.A.Arziyev, tarkibiy tarmoq boshliqlari hamda Nukus shahar bo‘limi xodimlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, - Majburiy ijro byurosi sud va boshqa organ qarorlarini ijro etib, amalda odil sudlovni ta’minlashga xizmat qiladi.

Byuro organlari faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining doimiy ravishda qo‘llanilib borilishi, o‘z navbatida ijro ishlarining samaradorligiga xizmat qilmoqda.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i Islam Arziyev hamda mas’ul xodimlar tomonidan sohada izchillik bilan amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Jumladan, mavjud qarzdorliklar, respublikadan chetga chiqishga qo‘yilgan taqiqlar bo‘yicha ma’lumotlarni olish, shu jumladan ijro ishi jarayonini “onlayn” rejimda kuzatish imkonini beruvchi dasturiy ta’minot “MIB.UZ” mobil ilovasi joriy etilganligi, shuningdek, ijro jarayonida tashqi aralashuvlarning oldini olish maqsadida, “MIB-Portal” dasturiy ta’minoti orqali “Aqlli yordamchi” (Umniy pomoshnik) loyihasi ishga tushirilganligi haqida tushuntirish berishdi.

Aytish o‘rinliki, Byuroning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan birqancha ijobiy ishlar amalga oshirilib, o‘tgan 7 oy davomida 1 trln. 209 mlrd. 488,2 mln. so‘mlik 56 809 ijro hujjatlari tamomlandi.
Shundan, 34 739 tasi bo‘yicha 562 mlrd. 68,4 mln. so‘m amalda undirilishi tamiynlandi.

Amaldagi undiruv o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 317,1 mlrd. so‘mga, ya’ni 177% ga ortganlgini ko‘rsatmoqda.
Ma’lumot uchun, Byuro organlari tashkil topgandan buyon, hozirgi kunga qadar 5 trln. 052 mlrd. so‘mlik hujjatlarning ijrosi ta’minlandi, bu sonlarning negizida davlat ijrochilarining salmoqli mehnatlari bor.

Davlat foydasiga undiruv bilan bog‘liq 588,5 mlrd. so‘mlik 37 823 donasi tamomlanib, 22 477 donasi bo‘yicha 306,1 mlrd. so‘m amalda undirildi.
- Soliq qarzdorligini undirish bilan bog‘liq 530 mlrd. sumlik 17184 ta ijro hujjati tamomlanib, amalda 281,6 mlrd. so‘m undirildi.
-Davlat bojini undirish bilan bog‘liq 17,9 mlrd. so‘mlik 11695 ta ijro hujjati tamomlanib, amalda 11,4 mlrd. so‘m undirildi.
-ma’muriy jarimalarni undirish bilan bog‘liq 7,8 mlrd. so‘mlik 7779 ta ijro hujjati tamomlanib, amalda 4,7 mlrd. so‘m undirildi.

Fuqarolarni ishga tiklash va bosh yurgan kunlari uchun kompensatsiya pullarini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarning ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq 98 ta ijro ishi bo‘yicha 70 fuqaro o‘z ish oylariga qayta tiklanib, 446 fuqaroga 2 mlrd. 164 mln. so‘mlik ish haqilari undirib berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6118-sonli Farmoni bilan 2020 yilning 1 dekabr kunidan boshlab Byuro tomonidan undirilgan jinoiy qilmish natijasida Davlatga yetkazilgan zarar, Davlat boji, jinoiy va ma’muriy jarimalar, Davlat hisobiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulklarni sotishdan tushgan mablag‘larning 50% miqdorida proporsional tarzda “Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari” lariga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazish belgilangan.

Shu asnoda, o‘tgan 7 oy davomida mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha “Daftar”larga 9,2 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar o‘tkazib berildi.
Shu yilning o‘tgan 7 oy mobaynida esa, 622 ta oilalarning yarashishiga erishildi.

Matbuot anjumani davomida, ommaviy axborot vositalari vakillarining qiziqtirgan va jamoatchilik e’tiborida bo‘lgan dolzarb savollarga Byuro rahbariyati hamda mas’ul xodimlar atroflicha tushuntirishlar berishdi.

Bosh prokuratura huzuridagi
Majburiyijrobyurosi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida matbuot ajumani o‘tkazildi