Javohir va Bibisora Angliya–Fransiya bahsida (video)

Javohir va Bibisora Angliya–Fransiya bahsida (video)

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov hamda qozog‘istonlik mashhur shaxmatchi Bibisora Asaubayeva 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining uchinchi o‘rin uchun o‘tgan Fransiya – Angliya uchrashuvini stadiondan tomosha qildi. Bu haqda Bibisora o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qildi.

Shaxmatchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Javohir Sindorov bilan tushgan bir nechta suratlarni ham ulashdi. Ma’lum bo‘lishicha, ular uchrashuvni AQSHning Florida shtati, Mayami-Gardens shahridagi “Mayami” stadionida bevosita kuzatgan.

Qiziqarli va gollarga boy kechgan bahsda Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya terma jamoasi Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etib, Jahon chempionatining bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar