Shahzod Sultonov rasman nikohdan o‘tganini ma’lum qildi (video)

Shahzod Sultonov rasman nikohdan o‘tganini ma’lum qildi (video)

Shahzod Sultonov o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislariga quvonchli yangilikni ulashdi. Aktyor to‘y oldidan o‘tkaziladigan muhim marosim — nikoh (ZAGS) rasman o‘tkazilganini ma’lum qildi.

Videoda yoshlar FHDYO bo‘limida rasmiy hujjatlarga imzo qo‘yib, bir-birlariga nikoh uzuklarini taqishgani aks etgan. Lavhaning yakunida esa ushbu juftlik “Sultonovlar oilasi” deya ataldi. Bu ularning yangi hayot bosqichi boshlanganini ifodalaydi.

Kadrlardan ikki yoshning yuzidagi samimiy quvonch va baxtni yaqqol ko‘rish mumkin. Ular uchun bu kun unutilmas lahzalarga boy bo‘ldi.

Aktyor videoga quyidagi ta’sirli izohni qoldirgan:

“06.06.2026 ZAGS — shunchaki imzo emas, bu bir umrga berilgan va’da. Endi 'men' emas, 'biz' deb boshlanadigan eng go‘zal hikoya boshlandi. Sevgi, ishonch va baxt bilan qurilgan bu oila doimo kulgu va mehrga to‘lsin”.

1Izohlarda muxlislar va yaqinlari yosh oilani tabriklab, ularga baxt, totuvlik va uzoq umr tilab iliq fikrlar bildirishmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar