BabyMohi turmush o‘rtog‘i va qizi bilan Antaliyada dam olmoqda

Taniqli bloger BabyMohi turmush o‘rtog‘i va qizi Habiba bilan Turkiyaning mashhur kurort shahri Antaliyadagi dam olish sayohatidan iliq lavhalarni muxlislari bilan bo‘lishdi.
Blogerning aytishicha, bu safar ular Antaliyaning eng nufuzli va hashamatli hududlaridan birini tanlagan. U yerning betakror tabiati va go‘zal manzaralari oilani hayratga solganini ta’kidladi.
BabyMohi hozircha kurortning barcha diqqatga sazovor joylarini aylanib chiqishga ulgurmaganini, yaqin kunlarda esa dam olish jarayonidan yanada ko‘proq foto va videolarni kuzatuvchilariga taqdim etishini ma’lum qildi.
Blogerning oilaviy sayohati aks etgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda. Ko‘pchilik izohlarda ularga mazmunli hordiq va unutilmas dam olish tilagan.






























Izohlar 0
…