Jahon yulduzi Jon Lejend Registonda konsert berdi

8 iyun kuni amerikalik xonanda va bastakor Jon Lejend ilk bor Samarqand sahnasida chiqish qilib, minglab muxlislarga betakror musiqiy kecha tuhfa etdi. Bu uning nafaqat Samarqanddagi, balki Markaziy Osiyodagi ilk yirik konserti hisoblanadi. Afsonaviy Registon fonida yangragan uning mashhur qo‘shiqlari tomoshabinlarga unutilmas his-tuyg‘ular ulashdi.
Bu konsert nafaqat musiqa bayrami, balki Samarqandning xalqaro madaniyat va san’at markazi sifatidagi nufuzini yana bir bor namoyon etdi.
Ushbu konsert O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan tashkil etildi.






























Izohlar 0
…