Umid Iskandarov yana bir bor ota bo‘lganini ma’lum qildi

Taniqli aktyor Umid Iskandarov oilasida yana bir quvonchli voqea yuz berdi. San’atkor o‘zining Instagram sahifasi orqali yana bir bor ota bo‘lganini muxlislari bilan bo‘lishdi.
Aktyor surat joylab, ostiga:
"Alhamdulillah, men bugun yana bir bor ota bo‘ldim. Qadrdonlarim, duo qilib qo‘yinglar," deya samimiy izoh qoldirdi.
Qisqa vaqt ichida ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Aktyorning muxlislari va hamkasblari izohlarda uni ota bo‘lgani bilan tabriklab, chaqaloqqa sog‘lik, baxt va nurli kelajak tilashmoqda.
Hozircha chaqaloqning o‘g‘il yoki qiz ekani, shuningdek, unga qanday ism qo‘yilgani haqida ma’lumot berilmagan. San’atkor ham bu borada qo‘shimcha tafsilotlarni hozircha oshkor qilmagan.
Biz ham Umid Iskandarovni oilasidagi ushbu quvonchli voqea bilan samimiy muborakbod etamiz.
Umid Iskandarov, farzandingiz muborak bo‘lsin! Alloh taolo farzandingizni sog‘-salomat, umrini uzoq, rizqini keng, baxtini ziyoda qilsin. Oilangizdan quvonch va baraka hech qachon arimasin!






























Izohlar 0
…