Meteonova xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ertaga Toshkent shahrida magnitudasi 4 ballga teng bo‘lgan magnit bo‘roni kuzatilishi kutilmoqda. Xabarga ko‘ra, to‘rt balli geoshoklar ertalab soat 08:00 da sodir bo‘lishi, uning pasayishi esa soat 11:00 ga yaqin qayd etilishi mumkin.
Mutahassislar magnit bo‘ronlarini Quyoshdagi ichki reaksiyalar bilan izohlaydi. Quyosh massasining chiqishi, yulduz yuzasida chaqnashlar va boshqa faollik natijasida kuchli energiya to‘lqinlari yuzaga keladi. Ushbu energiya barcha yo‘nalishlarga, jumladan Yerga ham yetib keladi.
Bunday hodisalar ayrim insonlarda sog‘liq bilan bog‘liq noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shifokorlar yurak-qon tomir kasalligi bo‘lganlarga, qon bosimi yuqori yoki past bo‘lganlarga, shuningdek, bosh og‘rig‘i va uyqu buzilishi muammosi bo‘lganlarga ertangi kunda ehtiyotkor bo‘lishni tavsiya etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!