O‘zbek mayizi 44 ta davlat bozoriga yetkazildi

O‘zbekiston 2026 yilning yanvar–aprel oylarida 44 ta davlatga mayiz eksport qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu davrda xorijga 21,4 ming tonna mahsulot jo‘natilgan.
Eksport qilingan mayizning umumiy qiymati 24,5 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,4 ming tonnaga yoki 33,5 foizga ko‘p.
O‘zbekiston mayizining eng yirik xaridori Qozog‘iston bo‘ldi. Ushbu davlatga 7,3 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.
Shuningdek, Xitoyga 2,2 ming tonna, Rossiyaga 2,1 ming tonna va Turkiyaga 2 ming tonna mayiz eksport qilingan. Qolgan mahsulotlar Ozarbayjon, BAA va boshqa davlatlarga jo‘natilgan.





























Izohlar 0
…