Endi 56,7 balldan past olgan abiturentlarga “super-kontrakt” ham yo‘q

Endi 56,7 balldan past olgan abiturentlarga “super-kontrakt” ham yo‘q

O‘zbekistonda past natija to‘plagan abituriyentlarni katta miqdorda pul to‘lash evaziga davlat oliygohlariga qabul qilishning avvalgi tartibi tugatildi. Xususan, test sinovlarida 56,7 balldan kam olganlar endi qo‘shimcha kontrakt orqali talabalikka qabul qilinmaydi.

Yangi tizimda asosiy mezon faqat to‘lov miqdori emas, abituriyentning kamida 56,7 ball to‘plagani ham hisoblanadi. Shu ko‘rsatkichdan yuqori natija olgan, ammo qabul chegarasidan o‘ta olmaganlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt saqlab qolingan.

Qabul balidan 4,05 ballgacha ortda qolganlar uchun kontrakt miqdori aniq shkala bo‘yicha 1,5 baravardan 3 baravargacha belgilanadi. Farq 4,05 balldan katta bo‘lsa ham qo‘shimcha qabul imkoniyati yo‘qolmaydi: to‘lov miqdorini oliygoh rahbari belgilaydi va u bazaviy kontraktning kamida uch baravari bo‘lishi lozim. Demak, pullik qo‘shimcha qabul faqat to‘rt ballgacha yetmaganlar bilangina cheklanmaydi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar