Besh soatlik yo‘l 2,5 soatga qisqaradi! Toshkent – Samarqandni bog‘lovchi yangi pullik avtomagistral quriladi

Besh soatlik yo‘l 2,5 soatga qisqaradi! Toshkent – Samarqandni bog‘lovchi yangi pullik avtomagistral quriladi

Toshkentdan Samarqandga avtomobil orqali borish uchun sarflanadigan vaqt ikki barobarga qisqarishi mumkin. O‘rta Chirchiq tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ikki shaharni bog‘lovchi yangi pullik avtomagistral qurilishi boshlab berildi. Yo‘l ishga tushgach, safar vaqti besh soatdan 2,5 soatga tushishi aytildi.

Yangi trassaning uzunligi 282 kilometr, umumiy qiymati esa qariyb 2,2 milliard dollar bo‘ladi. Har ikki yo‘nalishda uchtadan harakat tasmasi quriladi. Tekis hududlarda ruxsat etilgan tezlik soatiga 150 kilometrgacha yetishi ko‘zda tutilgan.

Avtomagistral oddiy asfalt emas, og‘ir va tez harakatlanuvchi transport qatnoviga mos monolit beton bilan qoplanadi. Yo‘l bo‘ylab 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich, 60 ta tunnelli o‘tish joyi hamda suv o‘tkazish inshootlari quriladi.

Loyiha tugallangach, yo‘ldan bir sutkada 80 mingtagacha mashina o‘tishi mumkin. Bir maromdagi harakat yoqilg‘i va texnik xarajatlarni kamaytirib, yuk tashish narxini 19–24 foizga arzonlashtirishi kutilmoqda. Yo‘l 2030 yilda ochilishi rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar