O‘zbekistonliklar 4 oyda ta’lim uchun qancha mablag‘ sarfladi?

2026 yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 14,5 trillion so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 22,6 foizga ko‘p.
Ta’lim xizmatlari tarkibida oliy ta’lim muassasalari eng katta ulushga ega bo‘ldi. Ushbu yo‘nalish umumiy xizmatlar hajmining 43,3 foizini tashkil etgan.
Hududlar orasida Toshkent shahri yetakchilik qildi. Poytaxtda ta’lim xizmatlari hajmi 7,5 trillion so‘mga yetgan.
Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati 993,6 milliard so‘m, Farg‘ona viloyati 834 milliard so‘m va Andijon viloyati 730,7 milliard so‘m ko‘rsatkich bilan qayd etildi. Eng past ko‘rsatkichlar Sirdaryo, Navoiy va Jizzax viloyatlarida kuzatilgan.






























Izohlar 0
…