Ona va ikki nafar farzandning o‘z uyiga kiritilishi ta’minlandi

Ona va ikki nafar farzandning o‘z uyiga kiritilishi ta’minlandi

Majburiy ijro byurosi Qo‘shtepa tuman bo‘limi tomonidan yana bir muhim ijro hujjati amalda ta’minlandi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 2026 yil 13 may kungi ijro hujjatiga asosan undiruvchi N.I. hamda uning voyaga yetmagan ikki nafar farzandini Qo‘shtepa tumani “Qizilariq” MFY hududida joylashgan uy-joyning yashash xonalariga kiritish, shuningdek, nizoli xonadonning yordamchi qurilmalari va kommunal tarmoqlaridan boshqa foydalanuvchilar bilan teng ravishda foydalanish huquqini ta’minlash belgilangan edi.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan 2026 yil 2 iyun kuni davlat ijrochilari tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi.

Natijada sud qarori to‘liq ijro qilinib, ona va uning ikki nafar farzandining qonuniy huquqlari tiklandi. Ular yashash xonadonga amalda kiritildi hamda uydan to‘liq foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Qonun ustuvorligi ta’minlangan joyda inson huquqlari himoya qilinadi. Sud qarorlarining o‘z vaqtida va to‘liq ijro etilishi esa adolatning hayotdagi ifodasidir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar