O‘zbekistonda olti kunlik sel xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 28 iyundan 3 iyulga qadar kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi borligidan ogohlantirdi.
Qashqadaryo viloyatida Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.
Surxondaryo viloyatida Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari bo‘yicha ogohlantirish berilgan.
Navoiy viloyatida Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Jizzax viloyatida Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Toshkent viloyatida Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida suv toshqini kuzatilishi mumkin.
Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari xavfli hududlar sifatida ko‘rsatilgan.
Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida sel-suv toshqini hodisalari ehtimoli bor.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar va ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Shuningdek, respublika ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, ko‘chalar va pastqam joylarni suv bosishi mumkin.































Izohlar 0
…