2 868
Jahon banki Yangiyoʻl, Kogon va Chortoq shaharlarini ekoshaharga aylantirish loyihasiga 100 mln dollar ajratadi
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rozanna Nitti boshchiligidagi Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi “Oʻrta shaharlarni kompleks rivojlantirish” loyihasiga kiritilgan Chortoq shahri boʻyicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini boshlash oldidan soʻnggi bosqich boʻyicha soʻz bordi.
Muloqotda loyihani mukammallashtirish, loyihadan oʻrin olishi koʻzda tutilgan obyektlar, Jahon banki loyiha guruhi tomonidan bildirilayotgan takliflarni mahalliy shart-sharoitlardan kelib chiqib umumiy konsepsiyaga moslashtirish boʻyicha keng fikr almashildi. Chortoqning bosh rejasi bugungi kunda rejalashtirilayotgan tumanni tibbiyot va sihatgohlar turizmi rivojlangan ekologik toza hududga aylantirish uchun kerakli barcha jihatlarni oʻz ichiga olishi lozimligi borasida ham kelishib olindi.
Jahon bankining Chortoq shahrini kompleks rivojlantirish loyihasi noyabr oxirida ishga tushirilishi belgilandi. Bu maqsadda Chortoq shahrida yirik taqdimot marosimi oʻtkazilishi rejalashtirildi.
Maʼlumot uchun, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining 100 million dollar krediti hamda Oʻzbekistonning 24,1 million dollarlik ulushi bilan hayotga tatbiq etilayotgan ushbu loyihaning tajriba-sinov shaharlari sifatida Yangiyoʻl, Kogon va Chortoq belgilangan. 2019—2021-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar natijasida Chortoq zamonaviy infratuzilmaga ega obod ekoshaharga aylanishi koʻzda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi