date
views 94

La Liga. 1-turda “Real” safarda “Atletik” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

La Liga. 1-turda “Real” safarda “Atletik” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi

Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 1-turida “Real” 12-avgust, shanba kuni “Atletik”ka qarshi bahs olib bordi.

Bilbaoda bo‘lib o‘tgan o‘yinning 28-daqiqasida Rodrigo hisobni ochdi. 36-daqiqada esa Jud Bellinghem Alabaning uzatmasini golga aylantirdi.

Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va madridliklar yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi.


La Liga

1-tur bahsi

12-avgust, shanba

“Atletik” – “Real” 0:2

Gollar: 0:1 – 28 Rodrigo, 0:2 – 36 Bellinghem.

“Atletik”: Unai Simon, De Markos, Vivian, Paredes, Lekue (Garsiya de Albenis, 71), Ruis de Galarreta, Vesga (Errera, 64), Gomes (Sanset, 46), Muniain (Guruseta, 46), Uilyams (Berenger, 46), Uilyams.

“Real Madrid”: Lunin, Karvaxal, Alaba, Militao (Ryudiger, 50), Fran Garsiya, Valverde, Kamavinga (Kroos, 71), Tchuameni, Bellinghem, Vinisius Junior (Modrich, 80), Rodrigo (Xoselu, 80).

Ogohlantirishlar: Muniain (4), Vivian (67), Alaba (76), Uilyams (87).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La Liga. 1-turda “Real” safarda “Atletik” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
-->