Jahongir Zokirov: " Jo Joys va Filipp Xrgovich hayron qolishdi"

Sport1 daqiqa o'qish606
Jahongir Zokirov: " Jo Joys va Filipp Xrgovich hayron qolishdi"

Yurtimiz boks olamida iste’dodlar juda ko‘p. Jumladan, o‘smir va yoshlar toifasida deyarli barcha nufuzli musobaqalarda g‘alaba qozongan Jahongir Zokirov ham o‘zbek boksi kelajagi sifatida e’tirof etilmoqda. Og‘ir vazn toifasi vakili bo‘lgan, Zokirov kuni kecha o‘zi yakuniga yetgan kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida g‘alaba qozondi. Biz ushbu bokschimiz bilan bog‘lanib, qisqacha suhbatda bo‘ldik.

- Avvalo O‘zbekiston chempionatidagi g‘oliblik bilan tabriklayman. Ushbu musobaqa tashkilotchiligi, taassurotlari bilan o‘rtoqlashsangiz?

- Assalomu alaykum. Tabrik uchun rahmat! Nazarimda bu galgi chempionat avvalgilaridan sira qolishmaydigan tarzda, yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Tashkilotchilik ham yaxshi bo‘ldi. Raqobat kuchli kechdi.

- Siz yaqindagina professional boksda ham debyut jangini o‘tkazdingiz. Baribir havaskor va profda uslub biroz boshchaqa bo‘ladi. Sizga bu qay darajada sezildi? Qiyinchilik tug‘dirmadimi moslashuv?

- To‘g‘ri, havaskor bilan professional boks anchagina farq qiladi. O‘ylaymanki, yaxshi moslashib oldim. Bu borada qiyinchilik sezmadim. Albatta, bunda murabbiylarimning yordami katta bo‘ldi.

- Amerikada tayyorgarlik davomida mashhur prof bokschilar, Jo Joys va Filip Xrgovich bilan sparringlar o‘tkazgansiz. Ulardan qanday tajribalar oldiz? Ularga qay darajada "qiynadim" deya olasiz?

- Albatta, tajribali bokschilar bilan sparringlar yaxshi o‘tdi. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Ayniqsa, Filipp Xrgovichdan o‘zimga kerakli bo‘lgan tajribani oldim. To‘g‘risi, ular mendan jiddiy qarshilikni kutmaganligini aytishdi. "Bu qanday boks, qaysi maktab?",- deya hayron qolishdi.

- Endi yana havaskor boksda davom etasizmi yoki profda ham janglar o‘tkazib turasizmi?

- Asosan e’tiborimni havaskor boksga qarataman. Biroq, professional yo‘nalishda ham reytingimni yaxshilab borish uchun, janglar taklif qilishsa, albatta rozi bo‘laman.

- Parij Olimpiadasida Bahodir Jalolov yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Undan keyingi Olimpiadada ishtirok etish niyatingiz bormi?

- Ha, 2024 yilda Bahodir Jalolov ishtirok etadi. Shubhasiz, 2028 yilgi Olimpiadaga yo‘llanma olib, ishtirok etaman, degan umiddaman.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?