
Klassiko "Santyago Bernabeu"da katta shov-shuv bilan yakunlandi. "Real Madrid" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Lekin o'yindan ko'ra ko'proq e'tibor Lamin Yamalga qaratildi. Ispaniyaning eng yosh va shovqinli futbolchisi ushbu o'yinda kutilganidan pastroq darajada harakat qildi.
"Real"ning himoyasi Laminni butkul o'yindan chiqarib tashladi: na dribling, na aniq zarbalar, na samarali harakatlar – hamma statistikasi nolga teng edi. Klassikodan oldin Laminning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi e'tiborni tortdi.
U "Real"ni ayblovchi bayonotlar, eski gollarni eslatgan videolar va boshqa provokatsion chiqishlar bilan o'zini ko'rsatdi. Lekin maydonga chiqqanida, bu shov-shuv unga qarshi ishladi.
Dani Karvaxal o'yin oxirida Laminni "gapni kamroq qil" degan imo-ishora bilan tanqid qildi. Vini Syuniork esa shunchaki "Juda ko'p gapiryapsan" dedi.
Bu o'yin Lamin uchun saboq bo'lishi kerak. Yosh iste'dodning yuqori darajaga erishishi uchun faqat maydondagi o'yini emas, balki uning tashqaridagi xatti-harakatlari ham muhim.
Ispaniyadagi ko'plab mutaxassislar va muxlislar Laminning shaxsiy brendi futbolchilikdan ustun kelayotganini tanqid qilishmoqda. Bu yoshda 114 ta o'yin, 28 ta gol va 39 ta assist bilan yulduz bo'lish oson, lekin bu ustunlikni saqlab qolish yanada qiyin.
Hozir Lamin uchun tanlov qilish vaqti keldi: u keyingi o'n yillikning yulduzi bo'lishni xohlaydimi yoki bir haftalik mem bo'lib qolishni tanlaydimi? Muvaffaqiyat yo'lida shovqin emas, balki o'yin natijalari muhim ekanini tushunish lozim.
Madriddagi o'yin elit futbolchilar shov-shuvga emas, faqat haqiqiy mahoratga e'tibor berishini yana bir bor isbotladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar