
Barselona klubi sobiq prezidenti Joan Gaspar Ispaniya chempionatining dastlabki o‘n turidan so‘ng, jamoaning Madridning Real klubidan ortda qolishiga munosabat bildirdi. "Barselona Real Madriddan besh emas, balki atigi ikki ochko ortda qolmoqda.
Nimaga? Agar Ispaniya chempionatida g‘alabani o‘ylayotgan bo‘lsak, buni faqat Barselonada bo‘lib o‘tadigan El-Klasikodan keyin ayta olamiz", - deydi Gaspar AS nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta oxirida Real Madrid o‘z maydoni — "Santyago Bernabeu"da Barselonani qabul qildi. Xabi Alonso boshchiligidagi "qaymoqranglilar" ushbu uchrashuvda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ayni damda Real Madrid 27 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Barselona esa 22 ochko jamg‘arib, La Ligada ikkinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.