date

Manchester Siti Vinisiusni Xolandga almashtirmaydi

Manchester Siti Vinisiusni Xolandga almashtirmaydi
2026-yilda "Real" Vinisius Juniorni sotishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tarqalmoqda. Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2026/2027-yilgi mavsum oxirigacha mo'ljallangan bo'lsa-da, u Xabi Alonso bilan yomon munosabatlari sababli transfer so'rashi ehtimoli bor.

Angliya Premer-ligasining yetakchi klublari, jumladan, "Manchester Siti" ham Vinisius uchun kurashga qo'shilishi mumkin. Ammo "shaharliklar" braziliyalik futbolchini Erling Xolandga almashtirish variantini ko'rib chiqmaydi.

Bu haqda Defensa Central nashri xabar bermoqda. "Real" hali ham Xolandni kuzatishda davom etmoqda, biroq norvegiyalik yulduzning transferi oylik maoshi va boshqa futbolchilarga ta'siri borasida batafsil tahlil qilishni talab qiladi.

Shu bilan birga, manbalarga ko'ra, Xosep Gvardiola faqat bitta holatda Erling Xolandni qo'yib yuborishga tayyor – agar "shaharliklar" Garri Keynni hujum chizig'iga jalb qilishsa.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti Vinisiusni Xolandga almashtirmaydi