Veratti Mbappening "Real"dagi o'yinini baholadi

Sobiq "Pari Sen-Jermen" futbolchisi Marko Veratti Kilian Mbappening Madridning "Real" klubidagi muvaffaqiyatlarini baholadi. O'tgan mavsum fransiyalik hujumchi uchun "Real" safida debyut mavsumi bo'ldi va klub uchun unchalik omadli kechmagan bo'lsa-da, Mbappe 44 ta gol urib, Yevropaning "Oltin butsasi"ni qo'lga kiritdi.
Joriy mavsumda esa u 13 ta o'yinda 16 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Mbappega "Real"ga moslashish uchun biroz vaqt kerak bo'ldi, lekin u La Ligada eng yaxshi to'purar bo'ldi va "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi.
Hozirgi mavsum ko'rsatmoqda-ki, bu uning chegarasi emas edi. Hozirda Kilian dunyoda tengsiz futbolchi", - deydi Verattining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.
Italiyalik yarim himoyachi Mbappe bilan "Pari Sen-Jermen"da birga to'p surgan.