
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso "El-Klasiko" uchrashuvidagi hodisalar haqida o'z fikrini bildirdi. Alonso Ispaniya La Ligasining 10-turida "Barselona"ga qarshi o'yinda (2:1) braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni almashtirgan edi.
Bu qaror futbolchining noroziligiga sabab bo'ldi. "Vinisius jazolanmaydi.
Bu masalani yopiq deb hisoblashimiz mumkin. U hammamizdan chin dildan kechirim so'radi va bu holatni a'lo darajada hal qildi", — dedi Alonso jurnalist Fabrisio Romano orqali.
25 yoshli Vinisius joriy mavsumda barcha turnirlarda jami 13 o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Ertaga, 1-noyabr kuni, "Real" La Liganing 11-turida "Valensiya"ni qabul qiladi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 02:00 da boshlanadi.
Xabi Alonso Vinisiusni jazolamaydi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing