
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres hujumchi Kylian Mbappega o‘z tabrigini yo‘lladi. Juma kuni fransuz futbolchisi o‘tgan mavsum uchun "Oltin butsa" mukofotini qo‘lga kiritdi.
"Hammaga salom. Bugun hammamiz uchun maxsus kun.
Bu juda nufuzli mukofot va men Kylian Mbappening bizning jamoamizda ekanligidan juda xursandman. Men bundan faxrlanaman.
Mukofot bilan tabriklayman. Sen bu mukofotni o‘tgan mavsumda 44 ta gol urib, shuningdek, La Liga doirasidagi 34 o‘yinda 31 ta gol kiritib qoʻlga kiritding.
Bu kun sen uchun unutilmas boʻlib qoladi. "Oltin butsa"ni qoʻlga kiritish juda qiyin.
Sen "Real" tarixidagi bu mukofotni yutgan faqat toʻrtinchi futbolchi boʻlding. Aziz Kylian, bu "Oltin butsa" seni yanada katta yutuqlarga erishishga ilhomlantiradi.
O‘tgan yili sen orzularingni ro‘yobga chiqarding va men seni bu yerda ko‘rishdan faxrlanaman", - dedi Peres tadbirda. Hozirda "Real" Ispaniya chempionatida yetakchilik qilmoqda va "Barselona"ni besh ochkoga ortda qoldirmoqda.
Florentino Peres Mbappega murojaat qildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing