
Hans-Diter Flikning mashg'ulot uslublari "Barselona" futbolchilarining barchasiga ham ma'qul emas. Diario AS xabariga ko'ra, jamoaning ayrim o'yinchilari nemis murabbiyining jismoniy mashg'ulotlarga yetarlicha e'tibor bermayotganidan norozi.
Shuning uchun ular klub bazasidan tashqarida qo'shimcha jismoniy tayyorgarlik bilan shug'ullanmoqda. Hans-Diter Flik o'tgan yilning yozida "Barselona" bosh murabbiyligiga tayinlangandi.
Uning qo'l ostida jamoa birinchi mavsumdayoq Ispaniya ichki turnirlarida barcha sovrinlarni qo'lga kiritgan edi. Ayni paytda kataloniyaliklar La Liga turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda.
Ular peshqadam Madridning "Real" klubidan besh ochko ortda qolmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar