
Madridning "Real" futbol klubi hujumchisi Kilian Mbappe yana gol urmasdan maydonni tark etmadi – u "Valensiya"ga qarshi o‘yinda (4:0) dubl qayd etdi. Fransuz futbolchisi o‘yinning dastlabki ikki golini kiritdi, ulardan birini penalti orqali amalga oshirdi.
Mbappening La Ligada "qirollik klubi" tarkibida o‘tkazgan 45 o‘yinida 44 ta golga erishdi. Shu tariqa, 26 yoshli forvard "Real"ning zamonaviy rekordini yangiladi.
Bu rekord avvalroq Krishtianu Ronalduga tegishli bo‘lib, u ham "Real" safidagi dastlabki 45 o‘yinda 43 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi. Kilian Mbappe "Real"ga 2024 yilning yozida qo‘shilgan edi.
O‘tgan mavsumda u 31 ta gol bilan La Liganing eng yaxshi to‘purari bo‘lgan va hozirgi mavsumda ham 13 ta gol bilan to‘purarlar poygasida yetakchi bo‘lib turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.