
Ispaniya La Ligasining 11-turida "Real Madrid" oʻz maydonida "Valensiya"ni qabul qilib, 4:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. Uchrashuv 1-noyabr kuni Madriddagi "Santyago Bernabeu" stadionida boʻlib oʻtdi.
Xabi Alonsoning shogirdlari ilk boʻlimdayoq raqibini yengish uchun yetarli ustunlikni qoʻlga kiritishdi. 19-daqiqada "Real" hujumchisi Kilian Mbappe penaltidan hisobni ochdi.
Oradan oʻn daqiqa oʻtib, Mbappe yana bir bor raqib darvozasini ishgʻol qilib, oʻz dublini rasmiylashtirdi. Birinchi boʻlimning soʻnggi daqiqalarida esa Jud Bellingem ajoyib zarba bilan hisobni 3:0 koʻrinishiga olib keldi.
Ikkinchi boʻlimda "Real" koʻproq kuchini tejashga harakat qildi. Shunga qaramay, 82-daqiqada Alvaro Karerras raqib jarima maydonchasi yaqinidan aniq zarba yoʻllab, jamoasining toʻrtinchi golini kiritdi.
Shu tariqa, "Real Madrid" ishonchli gʻalaba bilan 3 ochkoni qoʻlga kiritdi va La Ligadagi yetakchilikni davom ettirdi. Uchrashuv davomida Vinisius Junior penaltidan foydalana olmadi va Arda Gyulerning zarbasi ham darvozabon tomonidan qaytarildi.
Shu bilan birga, "Real" oʻz kuchini saqlab qolib, kelasi hafta Chempionlar ligasida "Liverpul"ga qarshi oʻyin uchun tayyorgarlik koʻrmoqda.
Real Valensiyani yirik hisobda magʻlub etdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar