date

Mbappe dubli bilan yorqin gʻalaba qozondi

Mbappe dubli bilan yorqin gʻalaba qozondi
Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasida "Valensiya" ustidan qozonilgan 4:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi. 26 yoshli futbolchi uchrashuvning birinchi bo‘limida dubl qayd etdi, 79-daqiqada esa zaxiraga olindi.

Oʻyindan oldin fransuz hujumchi tomoshabinlarga yaqinda qoʻlga kiritgan "Oltin butsa" mukofotini namoyish qildi, shuningdek, La Ligada oyning eng yaxshi futbolchisi unvonini oldi. "Santyago Bernabeu" stadionida bayramona kecha oʻtdi.

Jamoaning ajoyib ishi. Shu ruhda davom etamiz.

Hala Madrid," – deb yozdi yulduz futbolchi oʻyindan soʻng ijtimoiy tarmoqlarda. Kilian Mbappe hozirda Ispaniya chempionati toʻpurarlar roʻyxatida 11 uchrashuvda urilgan 13 ta goli bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe dubli bilan yorqin gʻalaba qozondi