
Kilian Mbappe La Liga doirasidagi "Real Madrid" va "Valensiya" o‘rtasidagi shanba kungi o‘yinda dubl qayd etdi (4:0). 26 yoshli "Real" hujumchisining hisobida endilikda beshta yetakchi Yevropa chempionatlarida 235 ta gol mavjud.
Bu natija bilan u afsonaviy "Arsenal" hujumchisi Tyerri Anrini (233 ta gol) ortda qoldirdi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha fransuz futbolchilari orasida undan yuqorida faqat Bernard Lyakomb (255 ta gol) va Karim Benzema (281 ta gol) joylashgan.
Bu haqda Stats Foot xabar berdi. Mbappe 2024 yil yozida "Real Madrid" safiga qo‘shilgan edi.
U Ispaniyaga kelishidan avval Fransiyada "PSJ" va "Monako" klublarida o‘ynagan. Ayni damda Mbappe La Liga to‘purarlari poygasida 13 ta gol bilan yetakchilik qilmoqda.
U bu natijani 11 ta o‘yinda qayd etdi.
Mbappe Antirini ortda qoldirdi – undan yuqori faqat ikkita fransuz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar