
ESPN telekanali jurnalistlari 2025/2026-yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumining eng yaxshi futbolchilari reytingini taqdim etdi. Reytingning birinchi pogʻonasini "Manchester Siti"ning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand egalladi.
Ikkinchi oʻrinni "Arsenal"ning markaziy himoyachisi Gabriel Magalyanes egallagan boʻlsa, kuchli uchlikni yana bir "kanonirlar" vakili – yarim himoyachi Deklan Rays yakunladi. Eng yaxshi oʻntalikka shuningdek, Bukayo Saka, Vilyam Saliba, Moyses Kaysedo, Bruno Gimarayesh, Dominik Soboslay, Virjil van Deyk va Brunu Fernandesh ham kirdi.
Ayni damda Premer-liga turnir jadvalida Londonning "Arsenal" klubi birinchi oʻrinda bormoqda va eng yaqin raqibidan yetti ochko oldinda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar