date

Real Madriddan Alaba ketadi

Real Madriddan Alaba ketadi
Madridning "Real" klubi avstriyalik himoyachi David Alaba bilan kelasi yozda xayrlashadi. Bu haqda Tribal Football xabar berdi.

Tomonlar yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayotgani aytilmoqda. 33 yoshli futbolchi bilan "qirollik" klubining amaldagi shartnomasi ushbu mavsum oxirida yakunlanadi.

Shu sababli, David ispaniyalik grandni erkin agent sifatida tark etadi. Joriy Ispaniya chempionati mavsumida Alaba atigi uchta uchrashuvda maydonga tushdi.

La Liga doirasida 11 o‘yindan so‘ng Xabi Alonso boshchiligidagi jamoa 30 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi. So‘nggi o‘yinda madridliklar o‘z maydonida "Valensiya"ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Real Madriddan Alaba ketadi