date

Samorano: Pedri "Real"ning ruhi va mohiyati


Madridning "Real" jamoasining sobiq futbolchisi Ivan Samorano "Barselona" yarim himoyachisi Pedrini transfer qilishni maslahat berdi. Mutaxassisning fikricha, ispaniyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning o'yin uslubi va falsafasiga mos keladi.

"U yulduz va fenomen... va ayni paytda ortiqcha so'z aytmaydi.

U kamtar, oddiy va faqat kerak bo'lganda gapiradi. Pedri "Real"ning ruhi va mohiyatiga ega," - deya ta'kidladi Samorano El Chiringuito telekanalidagi "El Cafelito" dasturida.

Joriy mavsumda "Barselona"ning yosh yarim himoyachisi 13 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki marta gol urdi va ikki marta golli uzatma amalga oshirdi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Pedrining transfer qiymati 140 million yevroni tashkil qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samorano: Pedri "Real"ning ruhi va mohiyati