
Vinisius Juniorning Madridning "Real" klubidagi faoliyati joriy mavsumda yakunlanishi ehtimoli yuqori. Braziliyalik futbolchining klub rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar fonida munosabatlari yomonlashgan.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan "El-Klasiko" uchrashuvida Vinisiusning zaxiraga olinganidan keyin keskin norozilik bildirishi vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Jurnalist Markos Benitoning xabariga ko‘ra, 25 yoshli yulduz qanot hujumchisi keyingi mavsumda Madrid klubida qolmasligi kutilmoqda.
Unga Angliya Premer-ligasidan qiziqish kuchaymoqda. Vinisius 2026-yilda shartnomasi tugashini kutishni istamayapti va "Real" uning transferidan daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun klubni shu muddat ichida tark etishni afzal ko‘rmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.