date

Petr Chex: Arsenal chempionlikka yaqin

Petr Chex: Arsenal chempionlikka yaqin
Taniqli sobiq darvozabon Petr Chex Londonning "Arsenal" jamoasining Angliya Premer-ligasidagi chempionlik imkoniyatlari haqida o'z fikrlarini bildirdi. Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa 10 turdan soʻng 25 ochko toʻplab, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Ular ikkinchi oʻrinda borayotgan "Manchester Siti"dan 6 ochkoga oldinda. "Arsenal"ning bu mavsumda chempionlik imkoniyatlari juda yuqori.

Raqobatchilari koʻtarilish va pasayish davrlarini boshdan kechirmoqda, "kanonirlar" esa hatto eng qiyin oʻyinlarda ham gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlyapti. Bu safar ular chempionlikni qoʻlga kiritish uchun barcha imkoniyatlarga ega", – dedi Petr Chex jurnalist Rudi Gallettiga bergan intervyusida.

Eslatib oʻtamiz, "Arsenal" Premer-ligada soʻnggi marta 2003/04-yilgi mavsumda chempion boʻlgan. Soʻnggi uch mavsumda London jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Petr Chex: Arsenal chempionlikka yaqin