date

Filipp Lam: Musiala qaytishi foyda keltiradimi?

Filipp Lam: Musiala qaytishi foyda keltiradimi?
Bavariyaning sobiq mashhur himoyachisi Filipp Lam jarohat olgan Jamol Musialaning holati haqida fikr bildirdi. Yulduzli hujumkor yarim himoyachi Jahon klublar chempionati doirasida PSJga qarshi oʻtkazilgan yozgi oʻyinda ogʻir jarohat olib, mavsumning birinchi yarmidan chetda qoldi.

Shunga qaramay, Myunxen klubi oʻzining asosiy oʻyinchisi boʻlmagan holda ham ajoyib natijalarga erishmoqda – 16 oʻyindan 16 ta gʻalaba. "Musiala qaytganidan keyin Bavariyani kuzatish qiziqarli boʻladi.

Hozirda jamoa barqaror oʻyin namoyish etmoqda va uning yoʻqligida ham zoʻr o‘yin koʻrsatyapti. Hujum Garri Keyn atrofida qurilgan va u doimiy ravishda gol urmoqda.

Musiala jamoaning eng koʻp maosh oluvchi oʻyinchilaridan biri boʻlib, u 2030-yilgacha shartnomasini uzaytirdi. Ha, u isteʼdodli va oʻziga xos futbolchi, ammo savol shuki, Kompani uni tizimni yanada mukammal qilish uchun qay darajada moslashtira oladi?

Yoki aksincha, bu jamoa uygʻunligini buzib qoʻyadimi?" – deya Filipp Lamning soʻzlarini keltiradi The Touchline. Jamol Musialaning maydonga qaytishi dekabr yoki yanvar oylariga moʻljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Filipp Lam: Musiala qaytishi foyda keltiradimi?