date

Mbappe Pogbaning qaytishini intiqlik bilan kutmoqda


Madridning "Real" futbolchisi Kilian Mbappe "Monako" yarim himoyachisi Pol Pogbaning maydonga tezroq qaytishini tilab qolayotganini maʼlum qildi. Mbappe Pogba bilan muntazam aloqada ekanini va uning murakkab davrni ortda qoldirib, yana oʻzining eng yaxshi sport formasiga qaytishiga umid qilayotganini bildirdi.

"Biz Pogba bilan tez-tez bogʻlanamiz. Umid qilamanki, u yana oʻzining eng yuqori formasiga qaytadi.

Oʻylaymanki, uning maydonga qaytishini koʻpchilik intiqlik bilan kutmoqda", – deydi Mbappe Foot Mercato nashriga bergan intervyusida. Pogba jarohati tufayli hozircha "Monako" safida birorta ham rasmiy oʻyinda qatnashmadi.

U klub bilan oʻtgan yozda ikki yillik shartnoma imzolagan edi va hozirda tovon suyagi jarohatidan tiklanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Mbappe Pogbaning qaytishini intiqlik bilan kutmoqda