
Madridning "Real" klubi La Liganing 12-turida "Rayo Valyekano" jamoasiga qarshi o'yinda (0:0) g'alaba qozona olmadi. "Qirollik klubi" ushbu uchrashuvda aniq favorit sifatida maydonga tushgan bo'lsa-da, raqibdan ustunlikni ko'rsata olmadi.
O'yindan so'ng matbuotda Xabi Alonsoning faoliyatidan norozilik borasidagi mish-mishlar yana avj oldi. Marca nashrining xabariga ko'ra, "Real" rahbariyati ispaniyalik mutaxassisning o'yin uslubidan qoniqmayotganini bildirmoqda.
Xabi Alonso yoz faslida Karlo Anchelottining o'rnini egallagan edi. Shunga qaramay, Madrid klubi hali ham Ispaniya chempionati jadvalida uch ochkolik farq bilan "Barselona"dan oldinda peshqadamlik qilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar