Real Madriddan braziliyalik futbolchi ketmoqda

Qisqacha
"Real Madrid" hujumchisi Endrik o'yin amaliyotiga muhtoj bo'lgani sababli olti oylik ijara asosida "Lion" klubiga o'tadi. "Real" va "Lion" kelishuv ustida ishlamoqda, zaruriy hujjatlar 2025-yil oxirida imzolanishi kutilmoqda. 19 yoshli futbolchi 2025/2026-yilgi mavsumda faqat bir marta maydonga tushib, "Valensiya"ga qarshi uchrashuvda zaxiradan o'yinga qo'shilgan. Transfermarkt portali Endrikni 35 million yevroga baholamoqda.
Tez orada "Real Madrid" tarkibini braziliyalik hujumchi Endrik tark etadi. Yosh futbolchi oʻyin amaliyotiga muhtoj boʻlgani sababli, u olti oylik ijara asosida "Lion" klubiga yoʻl oladi.
Globo Esporte xabariga koʻra, "Real" va "Lion" klublari kelishuv ustida ish olib bormoqda. Zaruriy hujjatlar 2025-yil oxirida imzolanishi kutilmoqda.
19 yoshli futbolchining atrofidagilar esa uning Fransiyada yashashi masalasini hal qilish bilan shugʻullanmoqda. Endrik 2025/2026-yilgi mavsumda faqat bir marta maydonga tushdi.
Bu yaqinda boʻlib oʻtgan La Liga doirasidagi "Valensiya"ga qarshi oʻyinda sodir boʻldi. Endrik oʻyinning soʻnggida zaxiradan maydonga tushgan edi, oʻsha vaqtda "qaymoqranglilar" 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
Uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi. Transfermarkt portali Endrikni 35 million yevroga baholamoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Globo Esporte xabariga koʻra, "Real" va "Lion" klublari kelishuv ustida ish olib bormoqda. Zaruriy hujjatlar 2025-yil oxirida imzolanishi kutilmoqda.
19 yoshli futbolchining atrofidagilar esa uning Fransiyada yashashi masalasini hal qilish bilan shugʻullanmoqda. Endrik 2025/2026-yilgi mavsumda faqat bir marta maydonga tushdi.
Bu yaqinda boʻlib oʻtgan La Liga doirasidagi "Valensiya"ga qarshi oʻyinda sodir boʻldi. Endrik oʻyinning soʻnggida zaxiradan maydonga tushgan edi, oʻsha vaqtda "qaymoqranglilar" 3:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
Uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi. Transfermarkt portali Endrikni 35 million yevroga baholamoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…