
Barselona yarim himoyachisi Frenki de Yong Angliya Premer-ligasiga o'tishi haqidagi xabarlarga izoh berdi. Niderlandiyalik futbolchiga APL grandlari tomonidan doimiy qiziqish bildirilmoqda.
Oktabr oyida u yangi shartnoma imzolab, Barselona bilan kelishuvini 2029-yilgacha uzaytirdi. "Premer-liga?
O'ylamayman. Takliflar bo'lgan, ammo men Barselonada baxtliman.
APL bugungi kunda dunyoning eng kuchli chempionati, xuddi La Liga o'n yil oldin bo'lgani kabi. Ammo bu faqat APLda o'ynab o'zingni ko'rsatish mumkin degani emas", – dedi Frenki de Yong jurnalist Fabritsio Romano orqali.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli futbolchining qiymati 45 million yevroga baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar