
Madridning "Real" klubi hujumchilari Kilian Mbappe va Vinisius Junior joriy La Liga mavsumida muvaffaqiyatli driblinglar soni bo'yicha ikkinchi o'rinni egallashmoqda. "Squawka" ma'lumotlariga ko'ra, fransiyalik va braziliyalik futbolchilar 30 marta raqiblarni driblingda ortda qoldirishga muvaffaq bo'lishgan.
Reytingda birinchi o'rinni "Barselona"ning yosh yulduzi Lamin Yamal egallagan bo'lib, uning hisobida 33 muvaffaqiyatli dribling bor. Kuchli beshlikdan shuningdek, "Real Sosedad"dan Ander Barrenechea (29) va "Real Oviedo"dan Hesse Hassan (28) ham joy olgan.
12-turdan keyin "Real" Madrid 31 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Barselona" 28 ochko bilan ikkinchi o'rinda.
"Vilyarreal" va "Atletiko" esa mos ravishda uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni 26 va 25 ochko bilan band etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.